Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi

Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi

Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, endi avvalgi 10 ta tarif turi o‘rniga 4 ta soddalashtirilgan tarifdan iborat tizim joriy etildi, bu esa quyidagilarni ta’minlaydi:

➖narx bo‘yicha tarif tanlash tushunarliroq bo‘ladi;

➖minimal tariflar bo‘yicha o‘rinlar soni oshiriladi;

➖ko‘proq yo‘lovchilar uchun arzon reyslar imkonini beradi;
(to‘rtta tarifning har biri qaytarish imkoni bilan — yukli va qaytarib bo‘lmaydigan — yuksiz variantlarda taqdim etiladi).

Kompaniya matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, chiptalarning minimal narxi o‘zgarishsiz qoladi, tariflar orasidagi farq esa optimallashtirildi — bu komfort, elastiklik va narx o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam beradi.

Shu bilan birga, tariflarning eng yuqori darajasi ham pasaytirildi — bu aholining mobilligini oshirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Yangi tariflar quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanadi:

➖Toshkent — Samarqand: 249 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Namangan: 249 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Farg‘ona: 249 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Qarshi: 278 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Termiz: 424 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Urganch: 512 ming so‘mdan;

➖Toshkent — Nukus: 512 ming so‘mdan;

➖Buxoro — Urganch: 336 ming so‘mdan.

Narx bir yo‘nalish uchun ko‘rsatilgan bo‘lib, qaytish yo‘nalishida ham xuddi shunday narx belgilangan. Narx chet el valyutasiga bog‘liq va hozirgi vaqtdagi tarifni aks ettiradi.

Kiritildi: 13:37 16.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!