Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda ham sezildi

11 may kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Er silkinishi Toshkent vaqti bilan 03:03 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,08 gradus shimoliy kenglik; 72,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,1. Chuqurlik — 5 km. Episentr — Toshkentdan 263 km janubi-sharqda.

Andijon va Namangan viloyatlarida sezilish kuchi:

  • Paxtaobod tumani — 2−3 ball, 15 km;
  • Izboskan tumani — 2 ball, 20 km;
  • Uchqo‘rg‘on tumani — 2 ball, 21 km.
Kiritildi: 10:03 11.05.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!