"Putin Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzishni emas, balki payshanba kuni Turkiyada uchrashuv o‘tkazib, qonli qirg‘inni to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilishni xohlayapti. Ukraina bunga ZUDLIK BILAN rozi bo‘lishi lozim. Hech bo‘lmaganda, ular kelishuvga erishish mumkinligini aniqlay oladilar. Agar iloji bo‘lmasa, Yevropa rahbarlari va AQSh vaziyat nimaga bog‘liq ekanligini bilib oladilar va tegishli choralarni ko‘ra oladilar! Men Ukrainaning Putin bilan kelishuvga borishiga shubha qila boshladim. Putin esa AQShsiz hech qachon g‘alaba qozonolmaydigan (hatto yaqinlasholmaydigan ham!) Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani nishonlash bilan ovora. UCHRASHING, HOZIROQ!!!" - deya ta’kidladi AQSh prezidenti.