Tramp Zelenskiyni Rossiya bilan Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga “darhol” rozi bo‘lishga chaqirdi
"Rossiya prezidenti Putin Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzishni istamayapti, u buning o‘rniga payshanba kuni Turkiyada uchrashib, qon to‘kilishini to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilishni xohlaydi. Ukraina bunga rozi bo‘lishi kerak, darhol. Hech bo‘lmaganda ular kelishuvga erishish imkoni bor-yo‘qligini aniqlaydi, agar bunday bo‘lmasa, Yevropa yetakchilari va AQSh vaziyat qandayligini tushunib, shunga mos ravishda harakat qilishlari mumkin! Men endi Ukraina Putinning taklifiga rozi bo‘lishiga shubhalanib qoldim, axir Putin Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba bayramini nishonlash bilan band. Bu urushda Qo‘shma Shtatlarsiz yutib bo‘lmas edi. Endi harakat qiling!!!” – deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"Tramp bu fikrlari orqali Putinning pozisiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rossiya rahbari avvalo, Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlash va unda sulh masalasi muhokama qilinishini bildirgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya taklif qilgan Istanbuldagi muzokaralarga faqat 30 kunlik otashkesim amalga kiritilganidan keyingina rozi bo‘lishini ma’lum qilgan edi", deb yozadi “Strana” nashri.