Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

Samarqanddagi uylarning birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Samarqand shahrining “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz portlashi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgandi. Portlash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1, 2, 3-qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan dastlab 6 nafar fuqaroning jasadi topilgandi. “Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, 9 may kuni xonadon vayronalari ostidan ettinchi murda ham olib chiqildi

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:12 11.05.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!