Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Putinning "yarashuv"i tugadi. Urush yana boshlanmoqda

A A A
Putinning "yarashuv"i tugadi. Urush yana boshlanmoqda

Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya rahbari tomonidan taklif etilgan va 8 maydan 10 maygacha amal qilgan uch kunlik "yarashuv" muddati tugaganini tasdiqladi.

"Ha, albatta. Aslida, agar prezidentning so‘zlarini eshitgan bo‘lsangiz, [Kiyev tomonidan] haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish holati kuzatilmadi, Ukraina tomoni buni qanchalar buzganini aytib o‘tgan edi," - dedi Peskov jurnalistlarning yarashuv muddati tugagach, jangovar harakatlar qayta boshlanadimi, degan savoliga javob berar ekan.

"Moskvaliklar va poytaxt mehmonlari o‘t ochishni to‘xtatish tartibining buzilishi, uchuvchisiz uchuvchi apparatlar hujumlari, aeroportlarning yopilishi, havo qatnovi uzilishiga guvoh bo‘lishdi," - dedi Kreml vakili.

Kiritildi: 09:45 11.05.2025. O'qildi: 4889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!