Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qamashilik 115 yoshli Ro‘ziboy bobo Harbiy havo kuchlari samolyotida parvoz qildi

A A A
Qamashilik 115 yoshli Ro‘ziboy bobo Harbiy havo kuchlari samolyotida parvoz qildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy bobo Sattorovni 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondoni, nuroniylar va bir guruh yoshlar qutlab, Prezidentimizning bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, unga bir martalik pul mukofotini topshirilgan edi.

Mehmonlar bilan kechgan suhbat davomida Ro‘ziboy ota anchadan buyon amalga oshmay kelayotgan bir orzusi bor ekanligini bildirdi. Ya’ni, otaxon samolyotda parvoz qilish istagi borligini aytib o‘tdi.

Bugungi tinch va osuda hayotimizning sababchilaridan biri bo‘lgan Ro‘ziboy otani orzu-istaklarini amalga oshirish maqsadida, Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyot Xonobod aerodromiga yuborildi.

Dastlab, otaxonning salomatligi harbiy shifokorlarning nazoratidan o‘tkazilib, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat va tuman hokimligi ma’sullari hamda otaxonning yaqinlarining hamrohligida viloyat bo‘ylab havo lochinida parvoz tashkil etildi.

Bugungi kunimizning qahramoni Ro‘ziboy ota bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga samimiy minnnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 10:20 11.05.2025. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!