Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaning hali bosib olinmagan hududlari Rossiyaga berilmaydi — AQSh vise-prezidenti

Ukrainaning hali bosib olinmagan hududlari Rossiyaga berilmaydi — AQSh vise-prezidenti

Jey Di Vens Fox News'ga bergan intervyusida Rossiya Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarda “juda katta talablar” qo‘yganini aytdi.

"Biz Moskva juda ko‘p narsa so‘rashini bilardik, chunki Rossiyaning urush haqidagi tasavvuri ularning qo‘li baland kelayotganiga asoslangan. Ammo Rossiya hali hatto bosib ololmagan hududlarini unga berishlariga umid qilmasligi kerak. Bu esa ularning dastlabki tinchlik rejasiga kiritilgan bandlardan biridir", – deya ta’kidladi Vens.

Siyosatchi Vashington Moskva o‘zining birinchi taklifida "juda ko‘p talablarni" ilgari surshini kutganini, chunki muzokaralar jarayoni ko‘pincha shunday o‘tishini aytib o‘tgan.

Vise-prezident Rossiya va Ukraina tomonlari tinchlik muzokaralarida qatnashib, aniq "tinchlik rejalari"ni taklif qilayotganini "o‘sish" deb atadi. Shu bilan birga, u agar AQSh "ruslar muzokaralarda vijdonan qatnashmayapti" deb topsa, muzokaralardan chiqishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Kiyev hukumatining qulashini xohlamaydi, Ukrainaning suveren davlat bo‘lib qolishini istaydi.

"Rossiya-Ukraina urushini hal qilishda “ba’zi diplomatik yutuqlar bor” deb hisoblayman. Biz barqaror tinchlikka erishish uchun bu tomonlarni yana biroz yaqinlashtirishga harakat qilishimiz kerak. Biz hali bunga erishganimiz yo‘q. Biz endi taraqqiyotga erisha olmaymiz, degan qarorga kelmagunimizcha, bu borada ishlashda davom etamiz. Agar shunday bo‘lsa, biz muzokaralarni tark ketamiz. Prezident Donald Tramp bu jarayondan chiqishimizni aytadi. Menimcha, bu ham Rossiyaning, ham Ukrainaning ham Qo‘shma Shtatlar maslahati va vositachiligisiz yolg‘iz qolishini anglatadi", – deya fikr bildirdi vise-prezident.

Kiritildi: 15:12 09.05.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!