Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Veolia Energy Tashkent Mustaqillik kollektorida (700 mm diametrli quvur) avariya-tiklash ishlari zarurati tug‘ilgani sababli quyidagi turar-joy mavzelarida issiq suvi uzatilishi vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qiladi:

✔️ Mirzo Ulug‘bek tumani: M-1, M-2 mavzelari, H.Olimjon va Pushkin ko‘chalari;
✔️ Yunusobod tumani: M-4, M-5.

Ayni vaqtda shikastlangan joyni o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Avariya holati yuz bergan joy va quvur qismi aniqlangach, mutaxassislar issiq suv ta’minotini tezkor tiklash uchun muqobil liniya orqali ta’minotni tiklash sxemasini jamlashni boshlaydilar.

Bizning xodimlarimiz jadal tartibda ishlamoqdalar. Barcha tadbirlar texnika xavfsizligi va sifat ko‘rsatkichi talablari asosida bajarilmoqda.

Vaziyatni to‘g‘ri tushunganingizdan minnatdormiz va vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Kiritildi: 14:50 09.05.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!