“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.
✔️ Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:
🔹 uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
🔹 uy sharoitida qarab turish xizmati;
🔹 tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya xizmati;
🔹 kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
🔹 shaxsiy yordamchi xizmati.
💰 Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.
💸 Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to‘lanadi.
❇️ Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.