Yamanning "Ansor Alloh" isyonchi harakatining hutiylari Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi operasiyasini to‘xtatmaguncha, Isroil hududiga zarba berishni davom ettirish niyatida.
Bu haqda yamanlik isyonchilar tomonidan tuzilgan hukumat bayonotida aytiladi.
"Isroil dushmani G‘azo sektorida genosid sodir etayotganini shunchaki kuzata olmaymiz va ummatimiz sha’nini oyoq osti qilishiga ko‘z yuma olmaymiz. Harbiy amaliyotlar davom etadi, Yamanning Falastinga bo‘lgan yordami tajovuz to‘xtatilmagunicha va G‘azodagi blokada olib tashlanmaguncha to‘xtamaydi".