Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori markazidagi "Hamas" harakatining qo‘mondonlik va nazorat markaziga zarba berdi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bir muncha vaqt oldin Isroil armiyasi kuchlari G‘azo sektori markazida joylashgan XAMAS qo‘mondonlik va nazorat markazida faoliyat yuritayotgan terrorchilarga zarba berdi. Qo‘mondonlik-nazorat markazi terrorchilar tomonidan Isroil tinch aholisi va askarlariga qarshi teraktlar uyushtirishga mo‘ljallangan qurollarni saqlash uchun foydalanilgan", - deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmati “zarbadan oldin begunoh fuqarolarga zarar yetkazish xavfini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rilgani”, ular orasida Isroil harbiylari “aniq boshqariladigan o‘q-dorilardan foydalanish”, “aholini erta ogohlantirish”, “havo kuzatuvi” va “qo‘shimcha razvedka”ni sanab o‘tganini ta’kidladi.