Pokiston havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Hindiston harbiy-havo kuchlariga qarashli ikkita Rafale qiruvchi samolyotini Pokistonning Panjob viloyatida havo hududini buzganidan so‘ng urib tushirdi.
Bu haqda SAMAA TV telekanali xavfsizlik kuchlaridagi rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.
Hodisa chorshanba kuni taxminan soat 00:40 da radar tizimlari Pokiston hududiga noxush bostirib kirgan Hindiston samolyotini aniqlaganida sodir bo‘lgan. Bunga javoban Pokiston kuchlari standart protokollarga muvofiq tahdidni tutib, zararsizlantirdi.
Urib tushirilgan samolyot qoldiqlari Pokiston hududidan topildi, uchuvchining ahvolini aniqlash uchun qidiruv-qutqaruv guruhlari yuborildi.
"Bu ochiqdan-ochiq dushmanlik harakati va Pokiston havo hududini qo‘pol ravishda buzishdir”, — deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
Uning ta’kidlashicha, Pokiston tinchlik tarafdori, lekin o‘z suverenitetini himoya qilish huquqini saqlab qoladi.
Ikkinchi samolyotni zararsizlantirish tafsilotlari keltirilmagan.