Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston Pokistonning uchta shahriga raketa zarbalari berdi

Hindiston Pokistonning uchta shahriga raketa zarbalari berdi

Hindiston Pokistonning uchta shahriga raketa zarbalari berdi.

Bu haqda Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar (ISPR) bosh direktori general-leytenant Ahmad Sharif Chaudri ARY Newsga ma’lum qilgan.

"Qo‘rqoq dushman Pokistonning uchta shahriga raketa zarbalarini berdi. Maqsadlar Panjobdagi Bahavalpur va Azad Kashmirdagi ikki shahar - Kotli va Muzaffarobod bo‘ldi", - dedi ISPR rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston harbiy-havo kuchlari tahdidga zudlik bilan javob qaytargan, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari mudofaa tizimlarini faollashtirgan va Hindiston samolyotlarining Pokiston havo hududiga chuqur kirib borishiga yo‘l qo‘ymagan.

“Hindistonning xoin hujumi javobsiz qolmaydi”, deb qo‘shimcha qildi general.

Hozirda raketa zarbalari natijasida yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.

Kiritildi: 02:53 07.05.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!