Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘azodagi maktabga uyushtirilgan hujumda kamida 20 kishi halok bo‘ldi

G‘azodagi maktabga uyushtirilgan hujumda kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidagi El-Bureyj qochqinlar lageridagi maktab binosini bombardimon qilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Bu haqda Falastinning "Al-Aqsa" telekanali xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim muassasasida harbiy harakatlar tufayli anklavning boshqa hududlaridan qochib ketganlar joy olgan. Halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida bolalar ham bor.

Telekanal BMT, inson huquqlari va gumanitar tashkilotlarni mojaroga barham berish va G‘azo sektorida omon qolganlarni qutqarish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 02:50 07.05.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!