Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

ECHL. Fantastik o‘yinda "Inter" "Barselona"ni mag‘lubiyatga uchratdi

ECHL. Fantastik o‘yinda "Inter" "Barselona"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Milandagi “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvi doirasida “Inter” va “Barselona” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Polshalik hakam Shimon Marchinyak boshchiligida o‘tkazilayotgan uchrashuv asosiy vaqtda 3:3 hisobida yakunlandi.

22-daqiqada “Inter” hujumchisi Lautaro Martines hisobni ochdi. Birinchi taymning yakunlarida Xakan Chalxanoglu penaltidan gol urib, mezbonlarning ustunligini mustahkamladi.

54-daqiqada Erik Garsiya hisobni qisqartirdi, 60-daqiqada esa Dani Olmo muvozanatni tikladi. 88-daqiqada Rafinya gol urgan holda “Barselona”ni oldinga chiqardi, ammo 90+3-daqiqada Franchesko Acherbi javob golini urdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida Fratezzi tomonidan kiritilgan gol "Inter"ni finalga olib chiqdi - 4:3.

Kiritildi: 02:43 07.05.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!