Rossiya armiyasi 6 may kuni kechqurun Ukrainaning Sumi shahri atrofidagi fuqarolik infratuzilmasiga ballistik raketa bilan zarba berdi.
Natijada 3 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohat oldi.
Shahar rahbari Artem Kobzarning xabar berishicha, hujum oqibatida bir qiz voqea joyida, bir erkak va bir o‘g‘il bola esa kasalxonada vafot etgan. Yana yetti kishi yaralangan bo‘lib, ularning oltitasi bolalardir. Bir bolaning ahvoli og‘ir qolmoqda.