Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

EIdan iqtisodiy tahdid: AQSh mahsulotlariga ulkan boj ko‘zda tutilmoqda

EIdan iqtisodiy tahdid: AQSh mahsulotlariga ulkan boj ko‘zda tutilmoqda

Evropa Ittifoqi Vashington bilan muzokaralar natijasiz tugasa, AQShdan keltirilayotgan mahsulotlarga 100 milliard yevrolik boj solishni rejalashtirmoqda - Bloomberg xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha YEI davlatlariga chorshanba kuni taqdim etiladi va bu masala yuzasidan maslahatlashuvlar bir oy davom etadi.

Nashr ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Trampning po‘lat va alyuminiy eksportiga oid choralariga javoban allaqachon Amerika mahsulotlariga 21 milliard yevro miqdorida boj joriy etgan. Kelgusidagi chora-tadbirlar nafaqat mahsulotlarga, balki xizmatlar ko‘rsatish va eksport sohalariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 21:42 06.05.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!