Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh prezidenti Yaman husiylari “taslim bo‘lganini” e’lon qildi

AQSh prezidenti Yaman husiylari “taslim bo‘lganini” e’lon qildi

Donald Tramp Yamandagi husiylar endi urushishni istamayotganini aytib, shu sabab Qo‘shma Shtatlar ularga qarshi hujumlarni to‘xtatishini ma’lum qildi.

"Husiylar bizga urushishni istamasliklarini bildirishdi. Ular shunchaki urushni xohlamayapti. Biz buni hurmat qilamiz. Biz bombardimonlarni to‘xtatamiz, ular taslim bo‘lishdi. Ammo bundan ham muhimi — biz ularning so‘zlariga ishonamiz. Ular endi kemalarni portlatmasliklarini aytishdi. Axir bizning harakatlarimiz aynan shuni to‘xtatishga qaratilgan edi", — dedi Tramp Oq uyda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvi chog‘ida.

AQSh prezidenti shuningdek, amerikalik harbiylar husiylar pozisiyalarini bombardimon qilishni darhol to‘xtatishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 21:35 06.05.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!