Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lacetti piyodani urib yubordi — 20 yoshli haydovchi qamoqqa olindi, piyoda shifoxonada vafot etdi

Lacetti piyodani urib yubordi — 20 yoshli haydovchi qamoqqa olindi, piyoda shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 2 may kuni soat 17:40 atrofida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 19:00 05.05.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!