Bugun, 4 may kuni soat 15:50 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, "Iftixor" MFY, "Binokorlar" ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida "112" tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:57 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:22 da qurshab olingan va 16:33 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda korxonaning 90 kv.m maydonida tom qismi va devor qoplamasi yongan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta asosiy turdagi va 1 ta qo‘shimcha texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.