Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

2017-2023 yillarda O‘zbekistonning eksport geografiyasi sezilarli darajada kengaydi

2017-2023 yillarda O‘zbekistonning eksport geografiyasi sezilarli darajada kengaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining 2017-2023 yillardagi eksport geografiyasini tahlil qildi.

Mamlakatimizdan tovarlar va xizmatlar eksport qilinadigan davlatlar soni va mahsulotlar turi tobora ortib bormoqda. 2017-yilda jami 12,55 mlrd. AQSh dollariga teng miqdorda mahsulot va xizmatlar eksport qilingan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 1,95 marta ko‘paydi va 24,43 mlrd. AQSh dollariga yetdi. 2023-yilda eksportning yillik o‘sish sur’ati 23,8 foizni tashkil qildi.

2017 – 2023 yillar mobaynida mamlakatimizning eksport geografiyasi 14 ta mamlakatga kengaydi, Hozir mahsulotlarimiz 122 ta mamlakatga eksport qilinmoqda (har biriga 10 ming AQSh dollaridan ortiq miqdorda).

Eksport qilinadigan mahsulotlar diversifikasiyasi oshib bormoqda. Jumladan, TIF TN 10 ta belgisi bo‘yicha tovar nomenklaturasida 2017-yilda har biri 10 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 1219 xil mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2874 tani tashkil qildi (2,4 marotaba ko‘p).

2017-2023 yillarda paxtadan tayyorlangan yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2017-yilda to‘qimachilik mahsulotlari umumiy eksportning 8,1 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda ushbu ko‘rsatkich 12,5 foizni tashkil qilib, 65 ta mamlakatga 639 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida eksportni oshirish bo‘yicha bir qator ustuvor maqsadlar va chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan:

➖ eksport hajmini 2 barobar oshirish va 45 milliard dollarga yetkazish, eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish;
➖ qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish;
➖ eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish;
➖ xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish;
➖ IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish;
➖ turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish;
➖ respublika hududlarida 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish.

Kiritildi: 10:17 13.06.2024. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!