Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zboshimchalik bilan boshlangan poydevor oxiriga yetmadi

O‘zboshimchalik bilan boshlangan poydevor oxiriga yetmadi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qaytarish va noqonuniy qurilishlarni buzilishiga ayrim fuqarolarning bu borada huquqiy bilim darajasi yetarli emasligi yoki biror bir qurilish qilish yoki yerni sotib olib, uni hujjatlarini rasmiylashtirish haqidagi huquqiy bilimga ega emasligi sabab bo‘lmoqda.

Majburiy mijro byurosining Jizzax shahar bo‘lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 19.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan fuqaro X.Qambarov tomonidan Jizzax shahridagi noqonuniy poydevor javobgar hisobidan buzdirish belgilangan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, nusxalari tomonlarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorga Jizzax shahrida noqonuniy qurilgan binosi javobgar hisobidan buzdirish yuzasidan ogohlantirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida mazkur poydevor xolislar ishtirokida buzib tashlandi. Agar tegishli tashkilotlarning xulosalariga asosan, hujjatlarni rasmiylashtirib qurilganida, X.Qambarovga ortiqcha harakat bo‘lmagan va mehnat qilib qurgan poydevor buzilmagan bo‘lar edi.

Kiritildi: 14:17 25.10.2023. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!