Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi

“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi

Ma’lumki, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmning bir qator yo‘nalishlari jadal rivojlanib kelmoqda.

Qoraqalpog‘istonning janubiy maskanlarida joylashgan qadimiy qal’alar va Nukus shahridagi dunyoga mashhur I.V.Saviskiy davlat san’at muzeyi - tarixiy-madaniy turizm, Orol dengizi va Ustyurt platosi - Ekoturizm, mahalliy madaniyat va urf-odatlarni yorqin namoyon etuvchi Chimboylik hunarmandlar - Etnoturizmning asosiy destinasiyalari bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur turistik yo‘nalishlar qatorida Gastronomik turizm ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, qoraqalpoq xalqining an’anaviy oshxonasi o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasining har bir viloyati o‘ziga xos taomlariga ega bo‘lganidek, Qoraqalpog‘istonning ham “Bes barmaq”, “Jugeri gurtik”, “Aqsaulaq”, “Turama”, “Mayek borek” va baliqdan tayyorlangan “Baliq qarma”, “Ilonbaliqdan kotletlar”, “Baliq sorpa” kabi taomlari o‘zining mazasi bilan har bir tashrif buyuruvchini bahramand qiladi.

Qoraqalpog‘istonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligining tashabbusi bilan 2017-yildan buyon “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” xalqaro gastronomik festivali o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbir milliy baliq taomlarini targ‘ibot qilib qo‘ymasdan, hududdagi boshqa turistik yo‘nalishlariga ham mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilib kelmoqda.

Keng qamrovli festival dastlab Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos o‘lgan turistik maskani Mo‘ynoq tumanidan boshlangan va keyinchalik poytaxt Nukus shahrida ham o‘tkazilgan. Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida o‘tkazildi.

Kiritildi: 12:24 05.10.2023. O'qildi: 2504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!