Fojia yuz berganining bir yilligi munosabati bilan joylashtirilgan oraliq hisobot bir qator ekspertiza natijalarini o‘z ichiga oladi.
Rasmiylarning fikricha, keng ko‘lamli qurilish qo‘shinlarni tezroq ko‘chirish va Xitoy bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik darajasini oshirish imkonini beradi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bayramlar davridagi hujumlar asosan musulmon bo‘lmaganlarga qarshi qaratilgan.
AQSh bayonotga qo‘shilmadi va uni imzolashdan bosh tortgan G7 dagi yagona davlat bo‘ldi.
AQSh Milliy xavfsizlik arxivi Putinning prezident Jorj Bush bilan 2001, 2005 va 2008 yillardagi uchrashuvlarining so‘zma-so‘z stenogrammalarini e’lon qildi.
UNICEFning Falastin bo‘yicha vakili Kazem Abu Xalafning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida hujumlar va cheklovlar davom etmoqda, natijada bolalar azoblanmoqda. Kamiga 19 bola sovuq ob-havo tufayli, yana 165 bola esa to‘yib ovqatlanmaslikdan vafot etgan.
Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan Xalqaro jinoyat sudiga Isroil davlati ustidan kiritilgan da’vo ishiga Belgiya ham rasman qo‘shildi. Oldinroq ushbu da’vo ishiga Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya, Turkiya kabi davlatlar ham qo‘shilgan edi.
Nashrning yozishicha, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari va mamlakatni tiklashni nazarda tutuvchi Kiyevning yangilangan rejasi Moskva tomonidan "qabul qilib bo‘lmas" deb hisoblanmoqda.
Oq uy AQSh qurolli kuchlariga Venesuela neftining kamida yaqin ikki oylik "karantin"ini ta’minlashga e’tibor qaratishni buyurdi, deb yozadi Reuters manbaga tayanib.
G‘arb davlatlari guruhi, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniya Isroil xavfsizlik vazirligining bosib olingan Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 19 ta yangi aholi punkti qurilishini ma’qullash haqidagi qarorini keskin qoraladi.
Germaniyadagi tibbiyot assosiasiyalari ham hukumatdan shakar solig‘ini joriy etishni bir necha bor talab qilgan. Tibbiyot mutaxassislari shakarga qarshi kurash tamakiga qarshi kurash kabi, ya’ni davlat darajasida keng qamrovli qonunchilik choralari orqali amalga oshirilishi kerak, deb hisoblashadi.
Gabbardning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka hamjamiyati siyosatchilarga, jumladan, Reuters iqtibos keltirgan Kongress a’zosiga Rossiya NATO bilan keng ko‘lamli urushdan qochishga intilayotgani haqida ma’lumot bergan.