Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh razvedkasi rahbari Rossiya-Evropa urushi da’volarini rad etdi

AQSh razvedkasi rahbari Rossiya-Evropa urushi da’volarini rad etdi

AQSh milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard unga bo‘yinuvchi tuzilmalar go‘yoki Rossiyaning Yevropani bosib olishga intilayotganiga ishonayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

U bunday da’volarni AQShning Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishga qaratilgan urinish deb atadi.

"Yo‘q, bu — yolg‘on va tashviqot. Reuters ikki tomondan ham milliondan ortiq qurbonlarga olib kelgan qonli urushni tugatish uchun Prezident Donald Trampning tinimsiz tinchlikparvar sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘layotgan urush tarafdorlari nomidan bu narrativni ilgari surmoqda", — deb yozdi Gabbard X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, xavfli tomoni shundaki, ushbu yolg‘on narrativ NATO va Yevropa Ittifoqi tomonidan Qo‘shma Shtatlar armiyasini Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga jalb etish ehtimolini kuchaytirish uchun jamoatchilik orasida qo‘rquv va vahimani qo‘zg‘atmoqda

Gabbardning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka hamjamiyati siyosatchilarga, jumladan, Reuters iqtibos keltirgan Kongress a’zosiga Rossiya NATO bilan keng ko‘lamli urushdan qochishga intilayotgani haqida ma’lumot bergan.

Bu bayonotga munosabat bildirgan Ilon Mask X tarmog‘idagi izohida: "Direktor Gabbard mutlaqo haq", — deb yozdi.

Shu bilan birga, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari,tinchlik bo‘yicha muzokara jarayonlarida ishtirok etgan Kirill Dmitriyev ham ushbu masalaga munosabat bildirdi. U quyidagi izohni qoldirgan:

"Keling, AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidagi urushni qo‘zg‘atuvchilarning yaxshi moliyalashtirilgan va yaxshi tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari orqali Prezident Trampning tinchlik rejasini izdan chiqarishga qaratilgan kampaniyasini ochiq tan olaylik. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi siyosatchilari esa migrasiya siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni niqoblash, shuningdek, “do‘stona” pudratchilar orqali qurol sotishdan foyda ko‘rish maqsadida jamoatchilikni “Rossiya bilan urushishga” undamoqda".

Kiritildi: 23:29 24.12.2025. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!