Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Turkiya hukumati Rojdestvo va Yangi yil bayramlari vaqtida hujumlar rejalashtirilganlikda gumon qilib, ISHID terrorchilik tashkilotining 115 nafar taxminiy a’zosini hibsga oldi. Istanbul Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, polisiya shahar bo‘ylab 120 dan ortiq manzilda reydlar o‘tkazib, ro‘yxatdagi gumonlanuvchilarning deyarli barchasini qo‘lga olgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bayramlar davridagi hujumlar asosan musulmon bo‘lmaganlarga qarshi qaratilgan.
Turkiya rasmiylari qo‘shni Suriya hududidan kelgan deb taxmin qilinayotgan ISHID a’zolariga qarshi muntazam reydlar o‘tkazib keladi. Suriyada hanuz terrorchi guruhlar faol. So‘nggi kunlarda Turkiya maxsus xizmatlari Afg‘oniston va Pokiston chegarasi hududida ISHIDning taxminiy yetakchisi qo‘lga olinganini e’lon qildi. U Yevropada ham terror hujumlari tayyorlagani aytilmoqda.