Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

14 ta davlat Isroilning qarorini qoraladi

14 ta davlat Isroilning qarorini qoraladi

14 ta davlat Isroilning Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yangi aholi punktlarini barpo etish haqidagi qarorini qoraladi. Bu haqda CBC News xabar bermoqda.

Belgiya, Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya Isroil hukumatining tomonidan G‘arbiy Sohilidagi Falastin yerlarida yahudiylar uchun 19 ta yangi aholi punktini qurilishini tasdiqlashiga qarshi qo‘shma bayonot bilan chiqdi.

Hujjatda bu qaror xalqaro huquqni buzishi va mintaqaviy barqarorlikka tahdid solishi qayd etilgan.

AQSh bayonotga qo‘shilmadi va uni imzolashdan bosh tortgan G7 dagi yagona davlat bo‘ldi.

Kiritildi: 20:48 25.12.2025. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!