AQSh Milliy xavfsizlik arxivi Putinning prezident Jorj Bush bilan 2001, 2005 va 2008 yillardagi uchrashuvlarining so‘zma-so‘z stenogrammalarini e’lon qildi.
2001 yilgi stenogrammalarda Putin 1954 yilda SSSRning NATOga a’zo bo‘lish uchun topshirgan arizasini eslatib o‘tgan.
“Rossiya ham AQSh singari Yevropaga mansub va ko‘p millatli davlat. Ehtimol, Rossiya ittifoqchi bo‘lishi mumkin”, degan u kichik Bush bilan yopiq uchrashuvda.
Putin o‘shanda ham Ukraina go‘yoki “sun’iy ravishda yaratilgan mamlakat” ekanini va ruslar ulkan hududlarni, shu jumladan, Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni ixtiyoriy ravishda berib yuborgani va bu “tasavvur qilish qiyin bo‘lgan” hodisa ekanini aytgan.