Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniya shakarga soliq joriy etmoqchi

Germaniya shakarga soliq joriy etmoqchi

Germaniyada shifokorlar uyushmalari ham hukumatni shakarga soliq joriy etishga bir necha bor chaqirgan, deb xabar beradi DW.

Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn yerlari bosh vaziri Daniel Gyunter shakarga soliq joriy etish masalasi ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ko‘rib chiqilishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shakarni haddan tashqari iste’mol qilish jiddiy sog‘liq muammolariga va jamiyat uchun katta xarajatlarga olib keladi.

Daniel Gyunter bu tashabbusni 2026 yilning birinchi choragida Bundesratga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Germaniyadagi tibbiyot assosiasiyalari ham hukumatdan shakar solig‘ini joriy etishni bir necha bor talab qilgan. Tibbiyot mutaxassislari shakarga qarshi kurash tamakiga qarshi kurash kabi, ya’ni davlat darajasida keng qamrovli qonunchilik choralari orqali amalga oshirilishi kerak, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bu choralar aksiz solig‘ini joriy etish va bolalarga qaratilgan reklamalarni taqiqlashni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Greenpeace tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, shakarni haddan tashqari iste’mol qilish diabet, yuqori qon bosimi va tish kariyesi xavfini oshiradi va Germaniya byudjetiga yiliga taxminan 12 milliard yevroga tushadi.

Mutaxassislarning fikricha, shakarga soliq solish uning iste’molini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Kiritildi: 23:36 24.12.2025. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!