Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AZAL samolyoti qanday halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

AZAL samolyoti qanday halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston Transport vazirligi 2024 yilda Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokati bo‘yicha tergovning yangi materiallarini e’lon qildi. Fojia yuz berganining bir yilligi munosabati bilan joylashtirilgan oraliq hisobot bir qator ekspertiza natijalarini o‘z ichiga oladi.

Vazirlik e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, komissiyaning dastlabki xulosalariga binoan, havo kemasidagi shikastlanishlar jangovar kallakning zarba beruvchi elementlari ta’siri natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, biroq ularning qaysi tomonga tegishli ekani aniqlanmagan.

Shuningdek, samolyotdagi kislorod ballonlarida portlash izlari aniqlanmagan. Kislorod ballonining portlashi haqidagi versiya dastlabki taxminlardan biri bo‘lgan.

2024 yil 25 dekabrda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Rossiyaning Grozniy shahriga uchayotgan samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahridyuda halokatga uchrab, 38 kishi halok bo‘lganidi. Putin Ozarboyjon samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqea uchun Aliyevdan uzr so‘ragan va layner “Ukraina dronlari hujumi sababli qo‘laganini” da’vo qilgan. Ozarboyjon prezidenti esa halokat uchun javobgarlikni “Rossiya vakillari”ga yukladi va aybdorlarni jazolashni talab qilgan.

Kiritildi: 21:17 25.12.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!