G‘arb davlatlari guruhi, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniya Isroil xavfsizlik vazirligining bosib olingan Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 19 ta yangi aholi punkti qurilishini ma’qullash haqidagi qarorini keskin qoraladi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Italiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Malta, Niderlandiya, Norvegiya va Ispaniya vakillari imzolagan qo‘shma bayonotda Isroil rasmiylariga o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqish talabi qo‘yilgan.
"Biz Isroilni ushbu qarorni bekor qilishga, shuningdek, aholi punktlarini kengaytirishni to‘xtatishga chaqiramiz," - deyiladi murojaatda.
Diplomatlarning ta’kidlashicha, bunday qadamlar xalqaro me’yorlarga zid va mintaqadagi xavfsizlikka tahdid soladi.