Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya shahrida yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi. Tadbirda “Nol chiqindi” (Zero Waste) Global alyansi tashkil etilgani e’lon qilindi.

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilarni kamaytirish tamoyillarini ilgari surish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Ziroat Mirziyoyeva uchrashuvda so‘zga chiqib, taklif va samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘anga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning “Nol chiqindi” tashabbusini xalqaro miqyosda ilgari surishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi. “Nol chiqindi” Global alyansi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Kiritildi: 11:37 12.11.2026. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik