Zimbabveda vertolyot halokati oqibatida multimillioner Uiknell Chivayo va uning rafiqasi vafot etdi. Bu haqda New Zimbabwe xabar berdi.
Marondera hududida halokatga uchragan vertolyot bortida jami besh kishi bo‘lgan. Ularning hech biri omon qolmagan.
The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, biznesmen rafiqasi bilan shahar tashqarisidagi uyidan Zimbabve poytaxti Xararega qaytayotgan bo‘lgan.
Vertolyot qulaganidan so‘ng yonib ketgan. Halokat sababi hozircha aniqlanmagan. Voqea joyida tergovchilar va aviasiya mutaxassislari ish olib bormoqda.
Chivayo energetika va infratuzilma loyihalari, shuningdek, tibbiy uskunalar yetkazib berish orqali boylik orttirgan. U 45 yoshda edi.