Madridning "Real" klubidagi murabbiylik faoliyati bilan tanilgan Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zinedin Zidan o‘z mamlakati terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Zidan yaqinda bergan intervyusida faoliyatini ma’lum muddatga to‘xtatganini, ammo hozir ham o‘zini to‘laqonli murabbiy sifatida his qilayotganini, ma’lum bir jamoadan aniq taklif kutayotganini ta’kidladi.
RMC Sport jurnalisti Jilber Brisbua Zidanning 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Desham o‘rnini egallashi haqiqatga aylanganini e’lon qildi.
"Men uning yaqin do‘sti emasman, har kimning o‘z hayoti bor, ammo nima bo‘lishidan qat’i nazar, oramizda doimo hurmat saqlanib qoladi. "Zizu" - mening o‘rnimga juda yaxshi nomzod", - deya ta’kidladi Fransiya milliy terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Didye Desham.
Zidan 2021 yilda "Real"ni tark etganidan buyon ishsiz yuribdi.