Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Fransiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan Fransiya futbol federasiyasi (FFF) bilan bosh murabbiy sifatida ishlash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.

FFF rahbari Filipp Diallo Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim ekanini bilishini aytdi, biroq mutaxassis nomini ochiqlamadi. Uning ta’kidlashicha, ushbu lavozimga besh nafar fransuz murabbiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan.

Zidan «Real» bosh murabbiyi sifatida ikki karra Ispaniya chempioni bo‘lgan, ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritgan hamda uch bor Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va keyinchalik aniqlanadigan yana bir jamoa bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!