“Real”ning sobiq futbolchisi va murabbiyi, Fransiya terma jamoasi bilan jahon va Yevropa chempioni Zinedin Zidan “PSJ” va “Inter” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Chempionlar ligasi finalini ko‘ramanmi? Ha, albatta, albatta tomosha qilaman. Marsellik bo‘lsam ham, Fransiya jamoasi g‘alaba qozonishi kerak deb o‘ylayman", - deydi Zidan.
2024/25 yilgi UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi 31 may kuni "PSJ" va "Inter" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.