Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiyni lavozimidan ketkazish haqidagi chaqiruv Maskka ham yoqib tushdi

Zelenskiyni lavozimidan ketkazish haqidagi chaqiruv Maskka ham yoqib tushdi

Ilon Mask Trampning Zelenskiyni lavozimidan ketkazish haqidagi chaqiruvini qo‘llab-quvvatladi.

Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning Vladimir Zelenskiyni tanqid qilishi va Ukraina rahbariyatini almashtirish haqidagi chaqiruvini qo‘llab-quvvatladi.

Tramp Ukraina tomonidan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga berilayotgan zarbalar yoqilg‘i narxining oshishiga sabab bo‘layotganini aytgan edi. Mask ushbu bayonotga munosabat bildirib, X ijtimoiy tarmog‘ida: «Zelenskiy haddidan oshib ketdi», deb yozdi. Boshqa bir izohida esa: «Qo‘shilaman, Ukrainaga yangi rahbar kerak», deya ta’kidladi.

Bahs Tramp Vladimir Putin bilan Rossiya dizel yoqilg‘isining jahon bozoriga yetkazib berilishini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilganidan keyin avj oldi.

Zelenskiy ushbu qarorni «adolatsiz va insofsiz» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, neft mahsulotlari eksportidan olinadigan qo‘shimcha daromad Rossiyaga urushni moliyalashtirish imkonini beradi.

Tramp esa bunga javoban Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi prezident kerakligini bildirdi.

Shu bilan birga, Kiyev Moskva Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatgan taqdirda, Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qildi. Zelenskiy bunday qadamlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:00 11.10.2026. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!