Zelenskiy urush boshida unga “Putinning ultimatumi”ni yetkazishganini, unda Ukrainani Medvedchuk boshqarishi talab qilinganini aytdi.
Ukraina prezidenti bu haqda Davosda Xalqaro Media Kengash vakillari bilan uchrashuvda so‘zlab berdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urush boshida u Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashmagan, ammo bosqin boshlangan ilk kunlarda “ayrim shaxslar” unga “Putinning ultimatumi”ni yetkazishgan va o‘zlarini “muzokarachilar” deb tanishtirishgan.
"Ular menga chekinishim kerakligini, ular meni Rossiyaga moyil Viktor Medvedchukka almashtirishlarini, men esa endi prezident emasligimni aytishdi. Ularga bu men uchun muammo emasligini, xalq ovoz berishini bildirdim", — dedi Zelenskiy.