Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mojaroni hal qilish uchun Rossiya bilan muzokaralarni boshlash shartini aytdi. Uning so‘zlari haqida Strana.ua nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Rossiya 2022-yilda kuchga kirgan chegaralarga qaytishi kerak. Uning fikricha, bu muloqot uchun adolatli asos bo‘ladi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukrainada tinchlikparvar kuchlar tarkibida Amerika harbiylarining bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, mamlakatda joylashgan barcha tinchlikparvar tuzilmalar tarkibida AQSh qo‘shinlari bo‘lishi kerakligini ta’kidladi .