Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Trampning ultimatumiga javob berdi

 Rossiya Trampning ultimatumiga javob berdi

Rossiya AQSh prezidenti Donald Trampdan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha “kelishuv” haqidagi tasavvuriga izoh kutmoqda. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Trampning Moskvaga nisbatan tariflar va sanksiyalar joriy etish haqidagi tahdidlariga javoban ma’lum qildi.

“Bu faqat urushni tugatish haqida emas. Bu, birinchi navbatda, Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etish masalasidir”, — dedi Polyanskiy Reuters agentligiga.

“Biz “kelishuv” nimani anglatishini Prezident Tramp tushunganidek tushunishimiz kerak. U 2014-yildan beri AQShning Ukrainada qilgan ishlari, uni “Rossiyaga qarshi”ga aylantirib, biz bilan urushga tayyorlagani uchun javobgar emas, ammo bu halokatli siyosatni to‘xtatish hozir uning qo‘lida”, — deya ta’kidladi diplomat.

Avvalroq Tramp Rossiyaga qarshi keskin bayonot berib, agar u muzokaradan bosh tortsa, sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi. "Biz buni oson yoki qiyin yo‘l bilan qila olamiz - va oson yo‘l har doim yaxshiroq. “Shartnoma tuzish” vaqti keldi, deb yozdi u Truth Social'da.

21-yanvar kuni Tramp muzokaralar shartlarini kelishib olganidan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuvni e’lon qildi va Ukraina prezidenti Zelenskiy “kelishuvga erishmoqchiligini” ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 12:18. O'qildi: 2325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!