Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina urush tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarining uchta variantini ko‘rib chiqmoqda"

Zelenskiy: "Ukraina urush tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarining uchta variantini ko‘rib chiqmoqda"

Ukraina urush tugaganidan keyin xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uchta variantni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari kompleks tarzda ko‘rib chiqilishi kerak. Xususan, bu variantlar NATOga a’zo bo‘lish, AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish, shuningdek, Yevropa davlatlari tomonidan xavfsizlik kafolatlarini nazarda tutuvchi «ko‘ngillilar koalisiyasi» ko‘magini o‘z ichiga oladi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, ushbu kafolatlar kuchli Ukraina armiyasiga tayanishi lozim. Buning uchun Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi sonini oshirish, ularning jangovar salohiyatini kuchaytirish va katta miqdorda moliyaviy mablag‘ ajratish talab etiladi.

«Evropa va AQShdagi hamkorlarimiz bu haqda xabardor. Davlatimiz o‘zini xavfsiz his qilishi uchun zarur bo‘lgan moliyalashtirish hajmi va harbiy xizmatchilar soni bo‘yicha hisob-kitoblarni allaqachon amalga oshirdik», — dedi u.

Ukraina prezidenti NATOga a’zolik ham xavfsizlik kafolatlarining mumkin bo‘lgan variantlaridan biri ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, bu masala Kiyev uchun ham, alyansning o‘zi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

«Bizning armiyamiz NATO uchun muhim, ayni paytda NATO Ukraina xavfsizligi uchun juda muhim. Hozircha bu masalani batafsil muhokama qilmayapmiz, biroq hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz.

Menimcha, ochiq gapiradigan bo‘lsak, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya uchun ham kerak. Chunki bu Ukrainaning alyansdan tashqarida qolishiga qaraganda ko‘proq xavfsizlikni ta’minlashi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 08:40 23.10.2026. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!