Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Ukraina Rossiya hududidagi ob’ektlar va «soyadagi flot» kemalariga zarba berganini e’lon qildi

Zelenskiy Ukraina Rossiya hududidagi ob’ektlar va «soyadagi flot» kemalariga zarba berganini e’lon qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Rossiya hududidagi bir qator ob’ektlarga, jumladan logistika markazlari, neft bazasi va «soyadagi flot» deb atalmish kemalarga zarba berganini ma’lum qildi.

Bu haqda Ukraina davlat rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

«Bugun Ukrainaning uzoq masofali zarbalari Rossiyaning Krasnodar va Stavropol o‘lkalaridagi muhim nishonlarga — Rossiya armiyasini dron komponentlari, navigasiya uskunalari va boshqa texnikalar bilan ta’minlaydigan logistika markazlariga, shuningdek, yana bir neft bazasiga muvaffaqiyatli zarba berdi», — deb ta’kidladi u.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Qora va Azov dengizlari akvatoriyasida Rossiya «soyadagi floti»ning bir qismi deb atalgan tanker va to‘rtta yuk kemasiga shikast yetkazilganini bildirdi.

Kiritildi: 14:20 22.07.2026. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!