Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistonida Saudi Aramco neft kompaniyasining zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Saudiya Arabistonida Saudi Aramco neft kompaniyasining zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Saudiya Arabistonining milliy neft va gaz kompaniyasi Saudi Aramcoga tegishli ob’ektda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 9 avgust kuni ertalab Jizan shahridagi ob’ektda sodir bo‘lgan. U tezda o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sababi hali e’lon qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 83 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!