Volodimir Zelenskiy Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore bilan suhbatdan so‘ng, ular Putinga "energetika va infratuzilmamiz bo‘yicha keskinlikni pasaytirishga qaratilgan aniq qadamlar" zarurligini aytganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya prezidenti devoni hisobotida Ukrainadagi urushni keskinlashtirmaslik muhimligi ta’kidlangani aytilgan. Biroq, bunda qanday aniq choralar nazarda tutilgani ochiqlanmagan.
Kreml hisobotida esa zarbalarni cheklash masalasi tilga olinmagan.