Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ilk bor Kiyevdagi bunkerini namoyish qildi.
"Bu kabinetda, Bankovaya ko‘chasidagi bunkerdagi kichik xonada, urush boshida dunyo yetakchilari bilan ilk suhbatlarim bo‘lgan. Shu yerda prezident Bayden bilan gaplashganman. Aynan shu yerda “Volodimir, tahdid bor, zudlik bilan Ukrainani tark etishingiz kerak, bu borada yordam berishga tayyormiz”, degan gaplarni eshitdim. Shunda men ularga taksiga emas, qurolga muhtojligimni aytdim", — dedi Ukraina prezidenti videomurojaatida.