Behzod Normatov Prezident Administrasiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi.
Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Behzod Raxmatullayevich Normatov Prezident Administrasiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Behzod Normatov avval Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i va bir muddat «O‘ztransgaz» ni ham boshqargan.