Xayrullo Ibadullayev Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan va uning hayotini saqlab qolgan.
P.S.: Bugun ertalab shu haqida bir qator OAVlarda xabar chiqqandi. (https://www.gazeta.uz/ru/2026/02/23/sp/) Bu kabi axborotlarni ham davlat rahbari shaxsan kuzatib borar ekan. Quvonarlisi, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgan hamyurtimizga shaxsan Prezident e’tibor qaratib, unga medal berdi.