Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryo ta’lim tizimida korrupsiya: ikki mansabdor ushlandi

Surxondaryo ta’lim tizimida korrupsiya: ikki mansabdor ushlandi

Surxondaryo viloyati ta’lim sohasida yirik korrupsion sxema fosh etildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sobiq boshlig‘i H.Mamadiyev hamda Termiz shahar bo‘limi sobiq rahbari S.Ro‘ziqulov katta miqdordagi pora bilan ushlangani xabar qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular “Mening maktabim” loyihasi doirasida tenderlarda tadbirkorlarga yordam berish evaziga pul talab qilgan. Jami 111 ming 200 AQSh dollari va 567 mln so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!