Bu yil 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shu sababli, 2025 yil 24 dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, yakshanbadagi dam olish kuni mos ravishda 9 mart — dushanbaga ko‘chirildi.
Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar quyidagicha dam olishadi:
▪️ 7 mart, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
▪️ 8 mart, yakshanba — bayram;
▪️ 9 mart, dushanba — barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni.